AsosiyJamiyat

O`zbekiston aholisi 32,9 milliondan oshdi

'O`zbekiston aholisi 32,9 milliondan oshdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi doimiy aholisi soni 2018 yil 1 iyul holatiga 32900,1 ming kishini tashkil etib, 2018 yilning yanvar-iyun oylarida 243,4 ming kishiga yoki 0,7% ga o`sgan. Bu haqda Davlat statistika qo`mitasi hisobotida ko`rsatib o`tilgan.

Jumladan, shahar aholisi soni 16646,1 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 50,6%), qishloq aholisi soni 16254,0 ming kishini (49,4%) tashkil etdi.

E`tibor bering: 2018 yil yanvar-iyun aholi soni 243,4 ming kishiga ko`paydi. Tirik tug`ilganlar soni 324,3 ming nafarni tashkil etdi. 75,6 mingta vafot etganlar qayd etildi. FHDYo bo`limlarida 104,9 mingta nikoh va 16,4 mingta ajralishlar ro`yxatga olindi.

2018 yil 1 iyul holatiga eng ko`p aholi soni Samarqand viloyatida — 3 million 753,3 ming kishini (respublika aholisi sonidagi ulushi 11,4%ni) va Farg`ona viloyatida 3 million 644,9 ming kishini (11,1%), aksincha eng kam aholi soni Navoiy viloyatida 964,7 ming kishi (2,9%) va Sirdaryo viloyatida 821,9 ming kishini (2,5%) tashkil etdi.

Hududlar kesimida aholining eng yuqori o`sish sur`ati 2017 yilning mos davriga nisbatan Surxondaryo viloyatida 2,1 foizni, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida 2,0%ni, Jizzax viloyatida 1,9%ni, Namangan viloyatida 1,8%ni, aksincha eng kam o`sish sur`ati Qoraqalpog`iston Respublikasida 1,4%ni va Toshkent viloyatida 1,2%ni tashkil etdi.

    Boshqa yangiliklar