Toshkentda Markaziy Osiyo futbol uyushmalari (CAFA) U16 chempionati o`z nihoyasiga etdi.
Musobaqaning so`nggi turida O`zbekiston va Tojikiston o`smirlari bellashdi. O`yinda ustunlikka ega bo`lgan o`zbekistonliklar 3:1 hisobida g`alaba qozonishdi.
Bu natijadan so`ng, barcha o`yinlarda g`alaba qozonib, 9 ochko jamg`argan O`zbekiston U16 musobaqa g`olibi bo`ldi.
Turnirning so`nggi o`yinlari nihoyasiga etgach, yopilish hamda taqdirlash marosimlari bo`lib o`tdi.






