AsosiyJamiyat

Samarqand viloyatida bir qator maktablar achinarli ahvolda ekanligi ma`lum bo`ldi

'Samarqand viloyatida bir qator maktablar achinarli ahvolda ekanligi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Prezident topshirig`iga asosan joriy yilning 4 iyul kuni Xalq ta`limi vaziri Sh.Shermatov Samarqand viloyatida bo`ldi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

Tashrif davomida Samarqand viloyatidagi ta`limni takomillashtirish bo`yicha joriy holat o`rganildi. Vazir Samarqand viloyatidagi maktab ta`limi bo`yicha tizimli kamchiliklardan tashvishga tushdi. Shuningdek, bir qator maktablar achinarli ahvolda ekanligi, 35-45 yillar davomida kapital ta`mirlanmagani, joriy ta`mir uchun ham mablag`lar cheklangan miqdorda bir necha yil avval ajratilgani ma`lum bo`ldi.

Xizmat safari davomida quyidagi muammo va kamchiliklar aniqlandi:

1. Samarqand viloyatidagi 18 ta maktab to`liq rekonstruksiyaga, 349 ta maktab kapital ta`mirga muhtoj.
2. 336 ta maktabda jismoniy tarbiya darslarini o`tish va o`quvchilarni sport bilan shug`ullantirish uchun sport zallari mavjud emas.
3. 629 ta maktab hududining atrofi o`ralmagan, natijada o`quvchi-yoshlar xavfsizligi etarlicha ta`minlanmagan.
4. Shuningdek, 474 ta maktabda ta`lim oluvchilar soni maktab sig`imidan 50 % ga ortiq ekani, buning natijasida o`quv jarayoni ikki navbatda o`tkazilayotgani ta`lim jarayoniga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda. Ayniqsa, Samarqand shahrida so`nggi yillarda ko`p qavatli uylar ko`p qurilganiga qaramay, aholi uchun qo`shimcha maktablar qurilmagan.
5. Ko`pchilik maktablar faoliyatini tegishli darajada yo`lga qo`yish uchun oddiy maishiy sharoitlarga ega emas.
6. Ayniqsa chekka tumanlardagi maktablar filiallari bilan bog`liq ishlar yomon ahvolda. Filial maqomi sababli ular ko`pincha kapital va joriy ta`mirlash bo`yicha dasturlardan tushib qolgan.

alt

Sh.Shermatov Samarqand viloyati xalq ta`limi boshqarmasi boshlig`iga o`z faoliyatini qayta ko`rib chiqish va eng muammoli masalalar bo`yicha tezkor choralar ko`rish vazifasini topshirdi. O`rganish jarayonida aniqlangan tizimli muammolarni hal qilish bo`yicha takliflar tayyorlanayotgan tegishli qaror loyihalariga kiritiladi.

    Boshqa yangiliklar