Iyul oyida respublikadagi byudjet tashkilotlarining 14,2 foiz ishchi-xodimiga oylik maoshi o`z vaqtida berilmadi. Bu Moliya vazirligi tomonidan o`tkazilgan monitoringda ma`lum bo`ldi.
Vazirlik matbuot xizmati xabariga ko`ra, iyul oyida O`zbekistondagi byudjet tashkilotlari ishchi-xodimlarining 85,8 foizi maoshi va ta`til pulini o`z vaqtida olgan. Navoiy viloyatida esa bu ko`rsatkich 70 foizdan past bo`lgan. Shu bois mazkur viloyat moliya tashkilotlari rahbarlari ogohlantirish olgan. Bu borada eng yaxshi ko`rsatkich Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatiga tegishli – 90 foiz.

Moliya vazirligi tomonidan byudjet tashkilotlari xodimlari xodimlarining birinchi darajali to`lovlarini o`z vaqtida to`lanishini ta`minlash maqsadida iyul oyida 532,5 milliard so`m mablag` ajratilgan.






