Viloyat IIB xabar berishicha “Kattasoy” MFY raisi xizmat mavqeidan foydalanib, shu hududda yashovchi fuqaroning ishonchiga kirib, uni 4 foizlik bank krediti olishga ko`ndirgan, deb yozmoqda Navoitoday nashri.
O`tgan yil oxirida uning nomiga “Mikrokreditbank» Karmana tuman filialidan 4 million 500 ming so`mlik kredit mablag`ining “Navoiy oqshomi” xususiy korxonasi hisob raqamiga o`tkazilib berilishiga erishgan.
Biroq, fuqroga 2 million 500 ming so`m kredit mablag`i ajratilganini bildirib, xususiy korxonadan bir bosh qora molni olib, uni sotib 2 million 500 ming so`mini fuqaroga bergan.
Shuningdek, mahalla raisining nafaqa pulli tayinlashda noqnuniy xatti-harkatlari ham aniqlangan bo`lib, mazkur holatlar yuzasidan unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi, 3-qismi bilan jinoyat ishi olib borilmoqda.






