AsosiyJamiyat

10-11 iyul kunlari anomal issiq ob-havo saqlanib qoladi

'10-11 iyul kunlari anomal issiq ob-havo saqlanib qoladi'ning rasmi

10-11 iyul kunlari O`zbekiston bo`ylab havo harorati o`rtacha ko`p yillik ko`rsatkichlardan 5-7 daraja yuqori bo`lgan anomal issiq ob-havo saqlanib qoladi. Kunduzi havo harorati 40-43 darajagacha issiq bo`ladi.

Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo harorati 44-45 darajagacha isiydi, garmsel shamoli esishi mumkin.

10-11 iyul kunlari respublikamizning tog` oldi va tog`li tumanlari bo`ylab Tojikiston va Qirg`iziston hududlaridan sel toshqinlari o`tishi mumkin.

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 10 iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 25-27, kunduzi 41-43 daraja issiq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 24-29, kunduzi 38-43 daraja issiq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 25-30, kunduzi 40-45 daraja issiq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 24-29, kunduzi 38-43 daraja issiq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 25-30, kunduzi 40-45 daraja issiq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-27, kunduzi 37-42 daraja issiq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-23, kunduzi 28-33 daraja issiq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar