O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Tursunov Sobit Axmadovich Sirdaryo viloyatida ro`y bergan yo`l-transport hodisasi oqibatida hayotdan ko`z yumdi.
Fojia u suv tanqisligi bo`yicha muammolarni o`rganish maqsadida Samarqand viloyatiga xizmat safari bilan ketayotgan paytda yuz bergan.
Tursunov Sobit Axmadovich 1973 yil 10 iyul kuni Samarqand viloyati, Jomboy tumanida tavallud topgan edi. U 1994 yilda Samarqand qishloq xo`jalik institutini, 2012 yili O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
Tahririyatimiz marhumning oila a`zolari, yaqinlariga hamdardlik izhor qiladi.






