Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani “Bog`iston” mahalla fuqarolar yig`ini Yangiobod mavzesida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar uchun namunaviy loyihalar asosida qurilgan arzonlashtirilgan uy-joylar 10 nafar kasanachi xotin-qizlarimizga tantanali ravishda topshirildi, deb xabar berdi hokimlik axborot xizmati.
Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari, Xotin-qizlar qo`mitasi raisi T.Narbaeva hamda viloyat hokimi G`.Mirzaev ishtirok etdi.
Shuningdek, tadbir davomida ijtimoiy ko`makka muhtoj oilalarga moddiy yordam ko`rsatilib, nogiron fuqarolarga aravachalar topshirildi.






