1978 yili hindistonlik Kantabai Takre homilador bo`ldi, biroq bir necha oylik bo`lganda homila rivojlanishdan to`xtadi. O`shanda Kantabai 24 yoshda edi.
Ayolga nobud bo`lgan bolani jarrohlik yo`li bilan olib tashlash lozimligi aytildi, biroq u operasiyadan qo`rqib, uyga qochib ketdi va uyi yaqinidagi mahalliy kichik poliklinikaga murojaat qiladi. Poliklinika shifokorlari ayolga bir qator dorilarni yozib berishadi va qisqa vaqt ichida Kantabai vujudidagi homiladorlik alomatlari yo`qoldi.
Oradan 36 yil o`tib, bir necha hafta avval endilikda 60 yoshni qarshi olgan ayol yana shifokorlarga qorindagi qattiq og`riqdan shikoyat qilib keldi. Ayolda saraton kasalligi borligini gumon qilgan shifokorlar MRT tekshiruvini o`tkazishdi. Natija esa hammani hayratga soldi.
Aniqlanishicha, ayol bundan 36 yil avval nobud bo`lgan homilasi skeletini xaligacha olib yurgani ma`lum bo`ldi. Bu haqda novoteka.ru nashri xabar beradi.
Kantabai Takrening homilasi jarrohlik yo`li bilan olib tashlandi. Bu dunyodagi eng uzoq vaqt davom etgan homiladorliklardan biri sanaladi.





