O`zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoyishlariga muvofiq Qoraqalpog`iston Respublikasi va to`rt viloyat davlat soliq boshqarmasining rahbarlari tayinlandi. Bu haqda “Xalq so`zi” nashri ma`lum qildi.
Jumladan, Babajanov Davronbek Jumamuratovich Qoraqalpog`iston Respublikasi Davlat soliq boshqarmasi boshlig`i, G`oyibov Jo`rabek Raxmonberdievich Sirdaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig`i, Igambergenov Kudratbek Kadambaevich Xorazm viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig`i, Ashurov Sherzod Raximovich Buxoro viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig`i, Axmedov Shodiyor Eshmuratovich Samarqand viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig`i lavozimiga tayinlandi.






