AsosiySport

Adhamjon Ergashev og`ir atletika bo`yicha jahon chempioni!

'Adhamjon Ergashev og`ir atletika bo`yicha jahon chempioni!'ning rasmi

Toshkent shahrida og`ir atletika bo`yicha yoshlar o`rtasidagi jahon chempionati bo`lib o`tmoqda.

Bugun musobaqa doirasida erkaklar o`rtasida -62 kg vazn toifasidagi sportchilar o`rtasida bahslar bo`lib o`tdi. Quvonarlisi, mazkur vazn toifasida oltin medallar O`zbekiston terma jamoasi a`zosiga nasib etdi, deb xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.

Adhamjon Ergashev dast ko`tarishda 135kg, siltab ko`tarishda esa 160kg toshni o`ziga bo`ysundira oldi. Umumiy hisobda 295 kg tosh ko`targan Ergashev har uchchala yo`nalishda ham oltin medalga ega chiqdi.

Qayd etib o`tish lozimki, Adhamjon o`z vaqtida o`smirlar o`rtasida jahon chempioni, o`tgan yili kattalar o`rtasida o`tkazilgan jahon chempionatida esa bronza medali sohibiga aylangandi.

    Boshqa yangiliklar