Hindistonning Uttarakxand shtatida istiqomat qiluvchi 56 yoshli Kamla Devi uyiga yaqin joydagi kanaldan suv olayotgan vaqtida daraxtlar orasidan unga tashlangan qoplonni qo`lidagi belkurak bilan o`ldirdi. Bu haqda www.glunews.ru nashri xabar beradi. Aslida ayolning yonida o`roq va belkurak kabi xo`jalikda kerak bo`ladigan anjomlar bo`lgan. Tasodifan tashlangan qoplondan himoyalanish uchun u ana shu anjomlardan ishlatishga majbur bo`lgan.
“Qoplon bilan chamasi yarim soat davomida to`xtovsiz olishdim. Avvaliga juda qo`rqib ketdim, kunim bitdi deb ham o`yladim, biroq qo`limdan kelgancha o`zimni himoyalashga urindim” – deydi Kamla Devi.
Ma`lumotlarga ko`ra, ayolning o`ng qo`li ikki joyidan singan, bundan tashqari tanasining turli joylarida qoplon tishlari qoldirgan jarohatlar bor.
Hindistonda bunday holatlar doimiy ravishda kuzatiladi. Ushbu hodisa o`tayotgan haftada qoplonlar hamlasi bilan bog`liq ikkinchi holatdir.





