Moskvadagi “Spartak” stadionida Angliya va Kolumbiya terma jamoalari matchidan so`ng ko`ngillilardan biri sevgilisining qo`lini so`radi, deya ma`lum qildi, Layf nashri.
Matchdan so`ng tribunalardan birida ko`ngillilar yig`iladi. Ulardan biri yonidagi qizning qo`lini so`raydi. “Ha”, degan javobdan so`ng esa yigit qizning qo`liga nikoh uzugi taqadi va gurros qarsaklar yangraydi.






