"O`zbekiston havo yo`llari" Milliy aviakompaniyasi Angliya terma jamoasining 240 nafar muxlisini Shvesiyaga qarshi Samara shahrida bo`lib o`tadigan jahon chempionati chorak final o`yiniga olib boradi.
Londondan Samaraga va ortga parvoz Boeing 767 samolyotida amalga oshiriladi, deb xabar berdi aviakompaniya matbuot xizmati.
MAK 6 iyul kuni Fransiya va Urugvay terma jamoalari o`rtasidagi uchrashuvga ishqibozlarni olib borish uchun Sochi-Qozon yo`nalishi bo`yicha charter reysini amalga oshirgandi.
Bundan tashqari, 2 iyul kuni "O`zbekiston havo yo`llari" Meksika terma jamoasi ma`muriyati buyurtmasi bilan Vnukovo — Mexiko yo`nalishi bo`yicha charter reysini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Moskvadan Mexikoga 230 nafar ishqiboz Boeing 787 Dreamliner samolyotida etkazib qo`yildi.






