AsosiyJamiyat

Majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulotlar turlari ro`yxati kengaytirildi

'Majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulotlar turlari ro`yxati kengaytirildi'ning rasmi

Ayrim turdagi temir yoki po`lat simlar ham endi majburiy sertifikatlanadi.

Hukumatning 2018 yil 5 iyuldagi qaroriga muvofiq Majburiy tartibda sertifikatlanadigan, O`zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan va unga olib kiriladigan mahsulotlar turlari ro`yxati kengaytirildi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar qilmoqda.

Unga ko`ra, ayrim turdagi temir yoki po`lat simlar, burchak va boshqa shakl berilgan, maxsus temirdan yoki po`latdan ishlangan profillar, korroziyaga chidamli yarimtayyor po`latli ishlanmalar, po`latdan engil o`ralgan simlar va boshqa mahsulotlar ham endi majburiy sertifikatlanadi.

Shu munosabat bilan «O`zstandart» agentligiga 2018 yil 1 noyabrga qadar metall mahsulotlarini to`liq sinovdan o`tkazish uchun maxsus laboratoriyalarni jihozlash va modernizasiya qilish vazifasi yuklandi.

Mazkur o`zgartirish 2019 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.

    Boshqa yangiliklar