AsosiyJamiyat

FVV O`zbekiston aholisini anomal issiqlik va sel xavfidan ogohlantirdi

'FVV O`zbekiston aholisini anomal issiqlik va sel xavfidan ogohlantirdi'ning rasmi

Yaqin kunlarda kutilayotan o`ta jazirama issiq ob-havo tog`oldi va tog`li hududlarda sel xavfini keltirib chiqarishi mumkin, deb ogohlantirmoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

7-10 iyul kunlari havo harorati ko`tarilishi munosabati bilan respublikaning tog`oldi va tog`li hududlariga Tojikiston va Qirg`izistondan muzliklar erishi hisobiga hosil bo`ladigan sel oqimlari o`tishi mumkin.

Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo 44-45 darajagacha isiydi.

FVV havfsizlik choralarini ko`rishni, ko`p miqdorda ichimlik suvi iste`mol qilishni, zaruratsiz ko`chaga chiqmaslikni va jismoniy harakatlarni kamaytirishni so`ramoqda.

O`zbekistonda 7 iyuldan jazirama boshlanishi haqida xabar bergan edik.

    Boshqa yangiliklar