JCh-2018 chorak finali doirasidagi Belgiya - Braziliya uchrashuvida Janubiy Amerika jamoasi mag`lub bo`ldi, deb yozmoqda Olamsport nashri.
Shu tariqa, ayni paytga kelib mundialda faqat Evropa qit`asi terma jamoalari qoldi xolos. Bugungi chorak finallarda Rossiya - Xorvatiya va Shvesiya - Angliya juftliklari o`zaro to`qnash kelishadi. Fransiya va Belgiya esa yarim finalga chiqib bo`ldi.
Ma`lumot uchun, Evropa terma jamoalari shu kunga qadar 11 marta Jahon chempioni bo`lishgan. Ikkinchi o`rinda Janubiy Amerika qit`asi bormoqda - 9ta chempionlik. Boshqa hech qaysi qit`a jamoasi mundialda g`olib bo`la olmagan.
Eslatib o`tamiz, oxirgi uchta mundialda muntazam ravishda Evropa jamoalari chempion bo`lishgan: Italiya, Ispaniya va Germaniya. Bu yilgi mundial finali 15 iyul kuni bo`lib o`tadi.






