AsosiyDunyo

Meksikada pirotexnika portlashi oqibatida 23 kishi og`ir yaralandi, 24 kishi halok bo`ldi

'Meksikada pirotexnika portlashi oqibatida 23 kishi og`ir yaralandi, 24 kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Meksikaning Tultepek munisipalitetida pirotexnika portlashi oqibatida jabrlanganlarning umumiy soni 54 kishini tashkil etdi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Shifokorlar yaralanganlardan 23 nafarining ahvolini og`ir deb baholamoqda. So`nggi xabarlarga ko`ra Tultepek ustaxona va omborxonalarida saqlanayotgan pirotexnika vositalari portlashi oqibatida 24 kishi, shu jumladan polisiyachi va o`t o`chiruvchilar halok bo`lgan. Hozirda umumiy hisobdan 41 nafar yaralangan odam kasalxonaga yotqizilgan.

Tultepek munisipaliteti o`zining pirotexnik vositalari bilan mashhurdir. Deyarli har bir xonadanda turli xil pirotexnika vositalari saqlanadi.

Mazkur fojiadan keyin pirotexnika ishlab chiqarish bilan bog`liq barcha ishlar to`xtatildi.

Meksikada har bir bayramda ommaviy ravishda salyut otish odat tusiga kirgan. Ular aksariyat hollarda ko`ngilsizlik bilan yakun topadi.

Mexiko shtati fuqaro mudofaasi koordinatori Arturo Vilchis bunday fojialarning oldini olish maqsadida hukumatni pirotexnika vositalari haqida qonun chiqarishga chaqirdi.

    Boshqa yangiliklar