AsosiyJamiyat

Huawei Buxoroda “Xavfsiz turizm” loyihasini joriy etadi

'Huawei Buxoroda “Xavfsiz turizm” loyihasini joriy etadi'ning rasmi

Huawei Tech Investment Tashkent O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qo`mitasi ko`magida Buxoro shahrida "Xavfsiz turizm" loyihasini ishlab chiqmoqda. Turizmni rivojlantirish markazlaridan biri hisoblangan mamlakatning eng qadimiy shaharlariga tashrif buyurgan kompaniya rahbarlari viloyat ichki ishlar vazirligi rahbariyati, Buxoro viloyati hokimi o`rinbosari va turizmni rivojlantirish qo`mitasi vakillari bilan uchrashdi.

Suhbat chog`ida "Huawei" kompaniyasining bosh ijrochi direktori janob Vang Pen Buxoro mehmonlarni o`ziga tortadigan shahar ekanligini ta`kidladi.

“Buxoro tarixiy, qadimiy shahar bo`lib, unda 100 dan ziyod tarixiy obidalar mavjud. Sayyohlar butun dunyodan shahar-ertakga ko`rish uchun keladilar. Turistlar uchun eng muhimi xavfsizlik va ishonchdir. Shuning uchun biz shaharga sovg`a berishga qaror qildik va "Xavfsiz turizim" loyihasi doirasida LTE diapozonida ishlaydigan eng yangi terminallar, face-recognition funksiyali videokameralar bilan ta`minladik”, – deydi Van Pen Huawei Tech Investment Tashkentning bosh direktori Van Pen.

"Xavfsiz turizm" loyihasi "Xavfsiz shahar" konsepsiyasining bir qismi bo`lib, birlashtirilgan buyruq markazini yaratish, LTE birlashgan aloqa tarmog`i, ma`lumotlar markazi, yuqori aniqlikdagi videokameralar va shuningdek, katta ma`lumotlarni tahlil qilish qobiliyatiga ega.

"Huawei" "Xavfsiz shahar" va "Xavfsiz turizm" konsepsiyasi doirasida loyihalarni integrasiya qilish va amalga oshirish borasida katta tajribaga ega. Muvaffaqiyatli loyihalar Keniya, Nayrobi, Pokiston, Lahor, Saudiya Arabistonidagi yagona chaqiriq markazi tizimi, Dushanbedagi Xavfsiz transport loyihasi va boshqalarda amalga oshirildi.

"Xavfsiz turizm" loyihasini muvaffaqiyatli ishga tushirilganidan so`ng, "Huawei" shuningdek, Buxoro shahar ma`muriyatiga axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish asosida boshqa davlat xizmatlarini yaxshilashga yordam berishni rejalashtirmoqda.

    Boshqa yangiliklar