O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi doirasida 20 avgust kuni XXR Davlat kengashi Bosh vaziri Li Kesyan bilan uchrashdi.
O`zbekiston Prezidenti Pekin muzokaralari doirasida umumiy qiymati 5,2 milliard AQSh dollariga teng loyihalar bo`yicha yigirmadan ziyod hujjat, shuningdek, 800 million dollar miqdorida savdo shartnomalari imzolangani va shu tariqa jami 6 milliard dollarlik kelishuvga erishildi. Bu haqda O`zA xabar beradi.
Tomonlar oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish va mustahkamlash masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashdilar.





