O`zbekiston veterinariya ilmiy-tadqiqod instituti mutaxasisslari tomonidan faollashtirilgan radiobiologik vaksina ixtiro qilindi.
Bundan asosiy maqsad mayda shoxli mollardagi kolibakterioz, salmonellyoz va pasterellyoz kasalligini profilaktika qilish hamda kasallik tufayli keltiriladigan zararning oldini olishdan iborat. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining rasmiy sayti ima.uz xabar bermoqda.
Qo`y va echkilar chalinadigan ushbu kasallikni profilaktika qilish uchun dunyo bo`yicha katta mablag` sarf etiladi. Shu sababli yurtdoshlarimiz tomonidan ixtiro qilingan vaksina ayni sohada katta yutuqlarga olib kelishiga ishonamiz. Vaksina ixtirochilari sanalgan Igor Ryasnyanskiy, Baxtiyor Mirzaev, Aktam Ahmedovlarga IAP 04892 raqamli davlat patent taqdim etildi.





