AsosiyDunyo

“Arsenal” futbolchisi to`p kiritgan kun mashhurlar vafot etmoqda

Evropa matbuoti Londonning “Arsenal” klubi futbolchisi Aaron Remzini mashhurlar hayotiga ta`sir o`tkazayotgani to`g`risida  xabar bermoqda.

Football24 nashrining yozishicha, Remzining Angliya superkubogi uchun kechgan uchrashuvda “Manchester Siti” darvozasiga to`p kiritganidan so`ng, amerikalik mashhur aktyor Robin Uilyamsning o`limi haqidagi xabar paydo bo`lgan.  Ular ushbu voqealarni “Aaron Remzi la`nati”  deya atashmoqda.

Qo`yida Remzi gol kiritgan kunlarda vafot etgan mashhurlarni keltirib o`tamiz:

5 oktyabr 2011: Remzi  "Tottenxem" darvozasiga gol urdi - Stiv Djobs vafot etdi

20 oktyabr 2011: Remzi  "Marsel" darvozasiga gol urdi  - Muammar Kaddafi o`ldirildi

11 fevral 2012: Remzi "Sanderlend" darvozasiga to`p kiritdi -  Uitni Xyuston vafot etdi

21 mart 2013: Remzi  Uels terma jamoasi safida gol kiritdi -  Bebo Valdes olamdan o`tdi

16 may 2013: Remzi "Uigan"ga qarshi uchrashuvda to`p kiritdi –Argentinalik siyosatchi Xorxe Videla vafot etdi

18 sentyabr 2013: Remzi  "Marsel" darvozasiga yana to`p kiritdi - bokschi Ken Norton hayotdan ko`z yumdi

30 noyabr 2013: Remzi  "Kardiff" darvozasiga ikkita to`p kiritdi – aktyor Pol Uoker avtohalokat qurboni bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar