AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev: mehnat va xarajatga nisbatan ko`p daromad olish uchun ilm kerak

'Shavkat Mirziyoev: mehnat va xarajatga nisbatan ko`p daromad olish uchun ilm kerak'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev Farg`ona viloyatiga tashrifi chog`ida Quva tumanidagi “Farg`ona anorchilik” mas`uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi agrofirma faoliyati bilan tanishdi.

Mamlakatimizda qishloq xo`jaligi bozor talabi va dehqon daromadi yuzasidan diversifikasiya qilinmoqda. Yaqinda barpo etilgan “Farg`ona anorchilik” korxonasi ham ana shu maqsadga yo`naltirilgan.

54f78f5e-4caf-50b1-0a15-c59c39db8500.jpg

300 gektardan ortiqni maydonni egallagan ushbu agrofirma anor etishtirish, saqlash, qayta ishlash va eksport qilishga ixtisoslashgan. Ayni paytda 289 gektar erga 15 navga yaqin 272 ming tupdan ziyod anor ko`chatlari ekilgan. Besh yuzga yaqin kishining bandligi ta`minlangan. 2025 yilgacha anorzor maydonini 2 ming gektarga etkazish rejalashtirilgan. Anorzor to`liq hosilga kirgach 10 ming tonna mahsulot etishtiriladi.

Davlatimiz rahbari ushbu anorzorni kirib ko`rdi.

«Tepa Xudodan, past bandadan. Erga mehr berib ishlasa, aql bilan ekib, parvarishlasa, albatta o`z natijasini beradi. Hamma sohada mahsulotni qaerga sotishni, mehnat va xarajatga nisbatan ko`proq daromad olishni o`ylash zarur. Buning uchun avvalo ilm kerak. Bozor talabini o`rganadigan, zamonaviy bilimlarni tatbiq etadigan, mahsulotning hosildorligi va sifatini ta`minlaydigan kim - kadrlar. Shuning uchun anorchilik bo`yicha ham mutaxassislar tayyorlashga e`tibor berish kerak, dedi Shavkat Mirziyoev.

a049c2e3-c062-ff86-dbe3-6b3f25818c3e.jpg

Anorchilik bo`yicha ilmiy markaz, Farg`ona davlat universitetida kafedra tashkil etish, Innovasion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda gen texnologiyasini rivojlantirish zarurligi ta`kidlandi.

O`zbekiston anori bo`yicha brend yaratish, Farg`ona viloyatida yaqin yillarda anorzorlarni 20 ming gektarga etkazish, ko`chatchilikni kengaytirish, danaksiz anor navlarini o`zlashtirish bo`yicha topshiriqlar berildi.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar qildi.

    Boshqa yangiliklar