Kecha, 10 iyun kuni Toshkent shahar, Chilonzor tumanida yashovchi 2 yoshli Sarvarbek Ziyodullaevning yo`qolganligi to`g`risida va bola o`g`irligida gumonlanayotgan ayol fotosurati keltirilgan ma`lumot barcha ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan edi.
Milliy gvardiyaning tezkor guruh yigitlarining say`-harakati natijasida qidiruv e`lon qilinganidan bir necha soatdan so`ng soat 22:30da Sarvarbek o`z ota-onasi bag`riga qaytarildi. O`g`irlikka qo`l urgan shaxs Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, “Oq tepa” mahallasida istiqomat qiluvchi 1974 yilda tug`ilgan fuqaro G.S.Mirtolipova ekanligi aniqlandi. Aybdor Chilonzor tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga topshirildi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati kun.uz’ga xabar berdi.
Bu kabi o`g`irliklarning issiq izidan tezkor ravishda fosh etilishi mamlakatimizda olib borilayotgan “Xavfsiz shahar – xavfsiz mamlakat” dasturi asosda ishlayotgan Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligi hamkorligi yuqori bosqichga ko`tarilganidan dalolat beradi.






