O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda O`zbekiston Yoshlar ittifoqi moliya idoralaridagi vakant lavozimlarga salohiyatli va iqtidorli yoshlarni ishga joylashtirish bo`yicha birgalikda amalga oshirayotgan harakatlari o`zining ijobiy samarasini bermoqda.
Jumladan, joriy yilning yanvar-may oylarida tizimga jami 341 nafar iqtidorli yosh ishga qabul qilinib, hozirda ularning 20 nafari moliya vazirligining markaziy apparatida, 161 nafari tuman va shahar moliya bo`limlarida, 83 nafari G`aznachilik bo`linmalarida, 50 nafari Pensiya bo`limlarida va yana 27 nafari Davlat moliyaviy nazoratining hududiy bosh boshqarmalarida mehnat faoliyatlarini boshladilar.
Bu haqda Moliya vazirligining axborot xizmati xabar berdi.
O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, vazirlik tizimida mavjud vakant lavozimlarni zamonaviy tafakkurga ega iqtidorli va fidoyi yoshlar bilan to`ldirish borasida kelajakda ham O`zbekiston Yoshlar ittifoqi bilan birgalikda boshlagan hamkorlikni davom ettirishni rejalashtirib qo`ygan.






