AsosiyDunyo

Gvatemalada otilgan Fuego vulqoni mamlakatda jiddiy muammolarni yuzaga keltirdi

' Gvatemalada otilgan Fuego vulqoni mamlakatda jiddiy muammolarni yuzaga keltirdi  'ning rasmi

Bedarak yo`qolgan odamlarni qidirish va qutqarish ishlariga ko`maklashish uchun qo`shni mamlakatlardan ham yordam kuchlari kelmoqda, deb xabar berdi RIA novosti nashri.

Qishloq va shaharlarda davom etayotgan qidiruv- qutqaruv ishlariga xalqaro tashkilotlar xam kelib qo`shildi. Peru va meksikalik ko`ngillilar vulqondan aziyat chekkan odamlarga yordam ko`rsatish uchun Gvatemalaga kelishgan. San Migel de Los qishlog`i eng ko`p talofat ko`rgan hudud hisoblanadi. Bu erda yuzdan ortiq inson bedarak yo`qolganlar ro`yxatida turibdi.

Aholining ko`pchiligi o`ta og`ir ahvolda. Ularning ba`zilariga ruhshunos yordami zarur bo`lmoqda. Yana bir muammo esa vulqondan chiqayotgan katta miqdordagi kulning atrofni qoplab olayotganidir. Oqibatda esa yo`qolganlarni qidirish jarayoni murakkablashmoqda.

Jarohat olganlar va jasadlar qalin kul ostida bo`lishi mumkin. Shuningdek, zaharli gaz moddasining havoga tarqalishi sababli qutqaruvchilar ayrim joylarda ishni to`xtatishga majbur bo`lishmoqda.

    Boshqa yangiliklar