AsosiyDunyo

Bag`dodda saylov natijalari solingan qutilar saqlangan ombor yonib ketdi

'Bag`dodda saylov natijalari solingan qutilar saqlangan ombor yonib ketdi'ning rasmi

Iroqning Bog`dod shaxrida joylashgan omborxonada yong`in sodir bo`ldi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.

Mazkur omborxonada, mamlakatdabo`lib o`tgan parlament saylovlari natijalari solingan qutilar saqlanayotgan edi. Saylov natijalari qayd etilgan byulletenlar birma-bir sanab chiqish uchun omborxonaga olib kelingan edi.

Ombor 4 qismga bo`lingan bo`lib, yong`in ularning birinchi qismida ro`y berdi. Bino ichidagi barcha uskunalar va deyarli barcha qutilar butunlay yonib ketgan. Voqea joyiga etib kelgan o`t o`chiruvchilar olov qolgan joylarga o`tmasligi uchun harakat qilishdi.

Yong`in tufayli qurbonlar va jarohat olganlar yo`q. Uning kelib chiqish sabablari ham hozircha ma`lum emas. Ichki ishlar vazirligi bergan xabarlarga qaraganda, barcha natijalar qo`lda sanab chiqilishi uchun omborxonaga to`plangan edi. Yong`in qasddan uyushtirilgan, degan taxminlar ham mavjud.

    Boshqa yangiliklar