AsosiyJamiyat

«UzMobile» +882 prefiksidan kiruvchi va chiquvchi qo`ng`iroqlarni vaqtincha blokladi

'«UzMobile» +882 prefiksidan kiruvchi va chiquvchi qo`ng`iroqlarni vaqtincha blokladi'ning rasmi

«UzMobile» milliy aloqa operatori +882 prefiksidan kiruvchi va chiquvchi qo`ng`iroqlarning barchasini vaqtinchalik to`xtatib qo`ydi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Milliy operatorning ma`lum qilishicha, mazkur qaror +882 perefiksi tomonidan «UzMobile» abonentlariga amalga oshirilayotgan firibgarlik qo`ng`iroqlarini oldini olish uchun qabul qilingan.

«Hurmatli «UzMobile» abonentlari, shuni ma`lum qilamizki, firibgarlardan sizga kelib tushayotgan + 882* prefiksli noma`lum qo`ng`iroqlarni bartaraf etish maqsadida tegishli xizmatlar tomonidan chora-tadbirlar amalga oshirildi. Hozirgi vaqtda +882 prefiksidan kiruvchi va chiquvchi qo`ng`iroqlar vaqtinchalik to`xtatib qo`yilgan», — deyiladi xabarda.

Avvalroq, firibgarlar «UzMobile» abonentlarini qo`ng`iroq va SMS-xabarlar bilan bezor qilayotgani haqida xabar berilgandi.

    Boshqa yangiliklar