AsosiyJamiyat

Sog`liqni saqlash vaziri Dima Qayumning onasi holidan xabar oldi

'Sog`liqni saqlash vaziri Dima Qayumning onasi holidan xabar oldi'ning rasmi

O`zbekiston sog`liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov rishtonlik Dima Qayumning uyiga borib, uning onasidan xabar oldi. Bu haqda Dima Qayum o`zining Facebook'dagi sahifasida yozib qoldirdi.

«Alisher Shodmonov shaxsan o`zlari uyimizga tashrif buyurib, onam uchun qo`llaridan kelgan barcha yordamni ayamasliklarini aytib, otam haqqilariga duo qilib, onamning duolarini olib ketdi. Katta rahmat, umringiz uzoq bo`lsin!», — deb yozadi Dima Qayum.

Ma`lum bo`lishicha, uning onasi qizilo`ngach saratoni bilan xastalangan.

Vazir yo`l-yo`lakay Dima Qayum ochgan o`sha mashhur kutubxonada ham bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar