AsosiyJamiyat

Adliya vazirligi 12 mln. dollarlik kelishuv imzoladi

'Adliya vazirligi 12 mln. dollarlik kelishuv imzoladi'ning rasmi

Joriy yilning 8 iyun kuni O`zbekistonda qonun ustuvorligini mustahkamlashga ko`maklashish borasidaO`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda AQShning USAID xalqaro rivojlantirish agentligi o`rtasida hamkorlik Memorandumini imzolash marosimi bo`lib o`tdi...

Ushbu Memorandumning imzolanishi hamkorlikni mustahkamlash yo`lida davlatimiz rahbarining AQShga rasmiy tashrifi doirasida adliya vaziri Vashington shahrida erishilgan kelishuvlarning mantiqiy davomi hisoblanadi.

Bo`lib o`tgan tadbir sud-huquq sohasida davlatlarimiz o`rtasida o`zaro hamkorlikni kengaytirish borasida yangi imkoniyatlarni ochib berish uchun mustahkam zamin yaratishga imkon beradi.

Memorandum yangi o`zaro manfaatli dastur va loyihalarni ishlab chiqishga turtki bo`lib, sud-huquq sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda O`zbekiston Respublkasini qo`llab-quvvatlashga asos bo`lib xizmat qiladi.

Ushbu hujjatning maqsadi 2017 — 2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasining ikkinchi “Qonun ustuvorligini ta`minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish” yo`nalishini amalga oshirishda O`zbekiston Respublkasini qo`llab-quvvatlashdir. Xususan, ushbu Memorandum doirasida 3 yil davomida 12 mln AQSh dollarigacha bo`lgan mablag`lar yangi qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, yuridik kadrlarni kasbiy mahoratinini oshirish, shuningdek O`zbekistonda fuqarolik jamiyati va nodavlat notijorat tashkilotlarining rivojlanishiga qulay huquqiy zamin yaratishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish mo`ljallangan.

    Boshqa yangiliklar