AsosiyDunyo

Dunyodagi eng kuchli futbolchi Serxio Ramosga videomurojaat qildi (Video)

'Dunyodagi eng kuchli futbolchi Serxio Ramosga videomurojaat qildi (Video)'ning rasmi

Angliyaning ikkinchi futbol ligasida o`ynaydigan "Uikom Uonderers" jamoasi forvardi Adebayo Akinfenva Madridning “Real” jamoasi kapitani Serxio Ramosga videomurojaat qildi, deb yozdi Gazeta.ru nashri.

“Chempionlar ligasi ham yakunlandi, men esa ta`tildan endi qaytib keldim. Ramos, sen nafaqat mening do`stim Muhammad Salohga shikast etkazibsan, qolaversa, Loris Kariusni ham jarohatlabsan. Quloq sol, og`ayni, men senga qarshi o`yinga tushmayman, chunki hech qachon Chempionlar ligasida qatnashmayman. Shunday ekan, omading keldi. Agar senga qarshi maydonga qarshi tushib qolsam, seni mana bunday qilib majaqlab tashlayman”, – deydi Akinfenva o`zining tvitterida.

Eslatib o`tamiz, Chempionlar ligasining finalida “Liverpul”ning etakchi hujumchisi misrlik Muhammad Saloh “Real”chi Serxio Ramos bilan bo`lgan to`qnashuvda elkasidan qattiq shikastlanib maydonni ko`z yoshlari bilan tark etgan.


Boshqa yangiliklar