AQShning Luiziana shtatidan bo`lgan Ota Anders yoshligidan tanga-chaqalarni yig`ib keladi, deya yozdi News.day.az nashri.
Ota 1970 yildan beri tanga-chaqalrni yig`adi. Avvaliga aqchadonga tanga tashlab yurgan Ota Anders ularni suv idishlariga to`playdi.
Yillar o`tadi. Ota o`z mashg`ulotini davom ettirgan bo`lardi-yu, ammo sog`lig`i yomonlashadi. Shunda u tangalarni bankka topshirishga qaror qiladi.
Bankda tangalarni sanab-hisoblash uchun to`rt soat vaqt ketdi. Natijada Ota bank xodimidan o`zining qancha miqdordagi tanga yiqqani eshitib quloqlariga ishonmadi: 5 136 dollar-u, 14 sent!






