Norvegiyaning G`arbiy Shpisbergenida och qolgan oq ayiq oziq-ovqat omboriga o`g`irlikka tushdi, deya yozmoqda Layf nashri.
Ayiq bir necha sharob shishasini sindirgan, shokoladni bo`kib qolguncha egan va “quyonning rasmini chizmoqchi” bo`lgan-u, ammo derazaga tiqilib qolgan.
Mahalliy radio xodimasi derazaga tiqilgan ayiqni ko`rib qolgach, qutqaruvchilarga sim qoqadi. Biroq vertolyot ovozidan qo`rqib ketgan oq ayiq derazadan bir amallab chiqib, juftakni rostlagan.






