AsosiyDunyo

Futbol bo`yicha jahon chempionati kubogini kim o`g`irladi? (Video)

'Futbol bo`yicha jahon chempionati kubogini kim o`g`irladi? (Video)'ning rasmi

Mashhur bwin bukmekerlik kompaniyasi futbol bo`yicha jahon chempionati arafasida reklama roligini e`lon qildi, deb ta`kidlamoqda Lenta.ru nashri.

Rolik eng oliy futbol kubogining o`g`irlanishi haqidagi xabar bilan boshlanadi. Kubokka reklamada Braziliyaning sobiq himoyachisi Kafu, argentinalik Maradona, nemis Shtefan Effenberg va ispaniyalik Visente del Boske nomzodlik qilishadi.

Syujetga ko`ra, har bir bosh qahramon kubokni o`g`irlash borasidagi o`zining rejasini ishlab chiqadi va raqiblaridan o`zishga harakat qiladi. Ammo kubok bir kishiga nasib etadi. Bu kim ekanligini esa brend turnir davomida aytishni va`da berdi. Hozircha esa muxlislarni kubokni kim o`g`irlaganini taxmin qilishga chorlamoqda.

Boshqa yangiliklar