AsosiyJamiyat

Indoneziyaliklarga O`zbekiston haqidagi ko`rsatuv namoyish etildi

'Indoneziyaliklarga O`zbekiston haqidagi ko`rsatuv namoyish etildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi Indoneziyaning mashhur telekanallaridan biri NetTV telekanali bilan hamkorlik qilmoqda.

Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi matbuot xizmatidan olingan ma`lumotlarga ko`ra, Muslim Travelers ko`rsatuvi ijodkorlari 2 qismdan iborat dasturni indoneziyalik tomoshabinlar uchun suratga olish ishlarini olib borishdi. Muqaddas Ramazon oyida (22 may kuni) birinchi qism namoyish etildi. Unda Samarqandning sayyohlar e`tirofiga sazovor va boy islomiy merosiga ega maskanlari haqida so`z bordi. Ushbu televizion loyihani Indoneziyalik 1 million 80 mingdan ortiq oilalar tomosha qilishdi. Bundan tashqari, Youtubeda NetTV kanaliga a`zo foydalanuvchilar soni – 1,7million kishini tashkil qiladi.

Ikkinchi qism indoneziyaliklar uchun Toshkent va uning Islom dini uchun ahamiyatli bo`lgan joylariga qilingan sayohatga bag`ishlanadi. Ularda – Hasti Imom masjid, Mo`yi Muborak muzeyi haqida hikoya qilinadi. Bundan tashqari Chorsu bozori, Toshkent Metropoliteni, Amir Temur xiyoboni, va yana boshqa ob`ektlar tasviri ham indoneziyaliklarga juda manzur bo`lgan. Ushbu dasturlar saharlik va iftorlik vaqtlarida efirga uzatishga mo`ljallangan. Bu vaqtda indoneziyaliklar oila davrasida vaqt o`tkazadilar.

    Boshqa yangiliklar