AsosiyJamiyat

Tatyana Karimova chet elda ta`lim olish grantlarini qo`lga kiritgan stipendiatlar bilan uchrashdi

'Tatyana Karimova chet elda ta`lim olish grantlarini qo`lga kiritgan stipendiatlar bilan uchrashdi'ning rasmi

Tatyana Karimova Islom Karimov Fondining chet elda ta`lim olish grantlarining stipendiatlari — Muzaffar Maksumov, Aleksandra Kim, Gulyuzbonu Ro`ziboeva va Stefaniya Abbosovalar bilan O`zbekistonning Birinchi Prezidenti hayoti va faoliyatiga bag`ishlangan ko`rgazmada uchrashdi. Bu haqda Islom Karimov fondining Feysbukdagi sahifasi yozmoqda.

O`z so`zlarida Tatyana Akbarovna yoshlarga ilg`or chet el o`quv maskanlaridagi o`qishlarida omad, egallagan bilimlarini Vatanimiz ravnaqi yo`lida qo`llashlarini tiladi.


"So`nggi bir yarim yil ichida o`zbekistonlik 23 nafar yigit-qizlar Karimov Fondining tahsil grantlarini qo`lga kiritib, magistratura dasturi bo`yicha Evropaning etakchi oliy o`quv yurtlarida ta`lim olish imkoniyatiga ega bo`ldilar", - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar