AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Pokiston Prezidenti bilan uchrashuv o`tkazdi

'Shavkat Mirziyoev Pokiston Prezidenti bilan uchrashuv o`tkazdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 10 iyun kuni Sindao shahrida Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Husayn bilan uchrashuv o`tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoev Mamnun Husaynni Pokistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo bo`lgani bilan tabriklab, bu mamlakatlarimiz o`rtasidagi munosabatlarni yanada kengaytirishda muhim omil bo`lishini ta`kidladi.

Uchrashuvda savdo, iqtisodiyot, qishloq xo`jaligi, to`qimachilik va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuning bilan Prezident Shavkat Mirziyoevning Xitoyga tashrifi nihoyasiga etdi.

    Boshqa yangiliklar