ShHT Davlat rahbarlari kengashi majlisidan so`ng hujjatlarni imzolash marosimi bo`ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Sammit natijalari bo`yicha Sindao deklarasiyasi qabul qilindi. Yana bir qator hujjatlar imzolandi.
O`zbekiston Prezidentining taklifiga muvofiq ShHT davlat rahbarlarining Yoshlarga qo`shma murojaati qabul qilingani sammitning yana bir ahamiyatli voqeasi bo`ldi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Vladimir Norov ShHT Bosh kotibligiga tasdiqlandi.
Tojikiston vakili Jumaxon G`iyosov ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo`mitasi direktori etib tayinlandi.
Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislik Qirg`iziston Respublikasiga o`tdi.







