AsosiySiyosat

Vladimir Norov ShHT bosh kotibi etib saylandi

'Vladimir Norov ShHT bosh kotibi etib saylandi'ning rasmi

ShHT davlat rahbarlari kengashi Vladimir Norovni 2019 – 2021 yillarda tashkilot bosh kotibi lavozimiga sayladi, deb xabar qilmoqda tashkilot matbuot xizmati.

Eslatib o`tamiz, ushbu lavozimda Norov tojikistonlik Rashid Alimov o`rnida faoliyat yuritadi. Ayni damda Vladimir Norov Norov O`zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va hududlararo izlanishlar Instituti direktori lavozimida ishlaydi.

ShHTning 18 sammiti 9-10 iyun kunlari Xitoyning Sindao shahrida bo`lib o`tmoqda. Sammitda Hindiston va Pokiston ilk bor to`laqonli a`zo sifatida ishtirok etmoqda.

    Boshqa yangiliklar