“Tosno”ning o`zbekistonlik yarim himoyachisi Vagiz Galiulin “Ural”ga o`tishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda Olamsport nashri.
Vagiz shaxsan “Ural”ning amaldagi murabbiyi Dmitriy Parfenovdan taklif olgan. Murabbiy avval “Tosno”da Galiulin bilan birga ishlagan. Transfer bo`yicha tomonlar allaqachon kelishuvga erishgan.
Ma`lumot uchun, yakunlangan mavsumda Galiulin RFPLda 23 ta o`yin o`tkazib, 3 ta gol urishga erishdi.






