Rossiya prezidenti Vladimir Putin XXR raisi Si Szinpin tomonidan Xitoyning oliy davlat mukofoti — Xitoy Xalq Respublikasi Do`stlik ordeni bilan taqdirlandi.
"Vladimir Putinga Xitoyning oliy davlat mukofoti berildi. U Xitoy Xalq Respublikasi Do`stlik ordenini olgan davlat rahbarlaridan birinchisiga aylandi. Xitoy davlat qurilishi va modernizasiyasiga qo`shgan alohida hissasi, shuningdek, mamlakatning xorijiy davlatlar bilan aloqalari hamda hamkorligini rivojlantirish va tinchlikni ushlab turishga qaratilgan sa`y-harakatlari uchun taqdirlanadi", — deb yozadi RIA Novosti.
Si Szinpinning ta`kidlashicha, 2001 yilda Putin Xitoy va Rossiya o`rtasida do`stlik va hamkorlik haqida bitimini Rossiya tomonidan imzolagan va Moskva va Pekin o`rtasida ko`p asrlik do`stligi uchun mustahkam poydevor solgan.
"Prezident Putin men uchun — eng yaxshi va yaqin do`st", - deb qo`shimcha qildi Xitoy etakchisi.






