AsosiyJamiyat

Qirg`iziston yoz davomida O`zbekistonga 500 mln kVt/soat elektr energiyasini eksport qiladi

'Qirg`iziston yoz davomida O`zbekistonga 500 mln kVt/soat elektr energiyasini eksport qiladi'ning rasmi

Qirg`iziston O`zbekistonga yozgi elektr energiyasini eksport qilishni davom ettiradi. Bu haqida ushbu mamlakat «Elektricheskie stansii» OAJ matbuot xizmatiga asoslanib «Halq so`zi» xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, Qirg`iziston Respublikasining suv-energetika resurslaridan ushbu davlat meteorologiya markazi ma`lumotlarini inobatga olgan holda oqilona foydalanish maqsadida va O`zbekiston Respublikasi bilan yaxshi qo`shnichilik munosabatlari doirasida elektr energiyasini yozgi mavsumda etkazib berish bo`yicha o`zaro kelishuvga erishilgan.

«Elektricheskie stansii» OAJ (Qirg`iziston) va «O`zbekenergo» AJ (O`zbekiston) o`rtasidagi shartnomaga muvofiq, bugun elektr energiyasi eksporti 2018 yil avgust oyiga qadar davom etadi.

Belgilangan muddatda 500 million kilovatt-soat elektr energiyasi uzatiladi. Bunda har bir kilovatt-soat uchun narx, Markaziy Osiyo bozorida qabul qilinganidek, 2 sentdan belgilandi.

Qayd etilishicha, Toktogul suv omboridagi suv hajmi 2018 yilda elektr energiyasini eksport qilish imkonini beradi.

Sutkalik etkazib berish hajmi tomonlarning texnik imkoniyatlari va yuqoridagi suv omboridagi suv hajmiga qarab o`zgartirilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar