Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte (Mark Rutte) parlamentga kiraverishla qog`oz stakandagi qahvani to`kib yubordi, deya yozmoqda Lenta.ru nashri.
Shundan so`ng Mark Ryutte farroshlardan shvabra so`rab, poldagi dog`ni o`zi artdi.
Yon-atrofdagi kishilar siyosatchining harakatlarini olqishlar bilan qarshi olishdi, farroshlar esa Markka dalda berib turishdi.






