AsosiyDunyo

Britaniyada dunyodagi eng kichik tungi klub yaratildi

'Britaniyada dunyodagi eng kichik tungi klub yaratildi'ning rasmi

Buyuk Britaniyada dunyodagi eng kichik tungi klub yaratildi, deya xabar qilmoqda RIA Novosti nashri.

Kingsbrij shahrida ko`chadagi eski telefon qutisi dunyodagi eng mitti tungi klubga aylantiriladi. Oynavand telefon qutisi rangli chiroqlar bilan bezatildi. Britaniyaning telekom shirkati tomonidan yaratilgan tungi klub dunyo rekordini o`rnatish bilan birga foydalanishga yaroqsiz bo`lib qolgan telefon qutisini yana aholi orasida ommalashtirishga yordam beradi. Odamlar qo`ng`iroqni amalga oshirish bilan birga sho`x musiqaga raqs tushishlari ham mumkin.

– Ichkariga kirishingiz bilan kayfiyatingiz ko`tarilishi aniq. Telefonda suhbatlashish bilan birga maza qilib raqs tushishingiz mumkin. Bu juda ajoyib g`oya, – deydi o`tkinchilardan biri.

Britaniyada telefon qutilariga bo`lgan talab uyali aloqa vositalari paydo bo`lgandan so`ng keskin tushib ketgan. Mazkur yangilikdan so`ng esa odamlar undan foydalanish uchun navbat kutib turishibdi.

    Boshqa yangiliklar