AsosiyDunyo

Germaniyada yashovchi turkiyaliklar Turkiya prezidentini saylash uchun ovoz berishmoqda

'Germaniyada yashovchi turkiyaliklar Turkiya prezidentini saylash uchun ovoz berishmoqda'ning rasmi

Germaniyada yashovchi turkiyalik fuqarolar Turkiya prezidentini saylash uchun ovoz berish jarayonida ishtirok etishdi, deb xabar bermoqda Lenta.ru nashri.

Germaniyada istiqomat qilayotgan 3 milliondan ortiq turklarning 1,4 million nafari saylov blyutenlarini to`ldirib bo`lishgan. Qolganlar esa 19 iyunga qadar jarayonda ishtirok etishlari mumkin. Saylovchilarga ovoz berishlari uchun maxsus saylov punktlari tashkil etilgan.

Ma`lumot o`rnida aytish mumkinki, Turkiyada prezident saylovlari joriy yilning 24 iyun kuni bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar