Avstraliyada bir to`tiqush mashinalar tezligini nazorat qiluvchi kamerani to`sib qo`ydi, deya ma`lum qildi Ntv.ru nashri.
Monitorda qushni ko`rgan polisiyachilardan qo`l qovushtirib o`tirishdan boshqa choralari qolmagandi. Negaki shtatda “xirapashsha” to`tiqushlarni tutadigan xodimlar yo`q ekan.
Bu vaqt ichida to`tiqush kamerani o`rganib chiqdi. Shosseda esa yuzlab mashinalar tezlik rejimiga amal qilmay o`tib ketganlari turgan gap.






