Turkiyaning turistik joyi hisoblanmish Bodrum shahrida O`zbekiston fuqarosi osilgan holda topildi. Bu haqda rusturkey.com nashri xabar berdi.
Jasad Gumushluk sohilida, qirg`oqdan 20 metr uzoqlikdagi daraxtdan topilgan. Ushbu holatga guvoh sayyohlar, mahalliy aholi vakillari, polisiya hamda shifokorlarni yordamga chaqirgan.
Marhumning jasadi Mug`la viloyatidagi sud tibbiy institutiga etkazilgan.
Dastlabki surishtiruv natijasida jasadning shaxsiga aniqlik kiritilgan. Bu fuqaro o`zbekistonlik 32 yoshli Shuteratbek Rasulov (Shuteratbek Rasulov) ekanligi aytilmoqda.
Voqeaning qolgan tafsilotlari esa hozircha noma`lum.






