AsosiyJamiyat

Chiqindi metallardan daromad topishga imkon yaratildi

'Chiqindi metallardan daromad topishga imkon yaratildi'ning rasmi

Hukumatning 2018 yil 6 iyundagi qarori bilan rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibi hamda jismoniy shaxslardan qabul qilishga ruxsat etilgan maishiy maqsaddagi rangli metallar parchalari va chiqindilari ro`yxati tasdiqlandi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq, 2019 yil 1 yanvardan boshlab tashkilotlarning tugatilishi, rekonstruksiya va modernizasiya qilinishi tartibotlarini o`tkazish davomida hisobdan chiqariladigan tarkibida rangli va qora metallar bo`lgan tabiiy va ma`naviy eskirgan asbob-uskunalar “O`zmetkombinat” AJ va “O`zikkilamchiranglimetall” AJga erkin narxda topshirilishi kerak.

Qarorga ko`ra, 14 yoshdan 16 yoshgacha bo`lgan shaxslardan metal parchalarini qabul qilishga qonuniy vakillarining ularning pasportiga oid ma`lumotlar va yashash manzillari ko`rsatilgan yozma roziligi mavjud bo`lganda yo`l qo`yiladi.

Qabul qilingan metall parchalari uchun to`lov pul mablag`lari bilan bozor asosida aniqlanadigan erkin narxlar bo`yicha, yuridik shaxslar uchun – naqdsiz shaklda, jismoniy shaxslar uchun – naqd shaklda, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq to`lovning boshqa usullarida amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar