AsosiyDunyo

AQSh prezidenti o`tkazgan iftorlikda O`zbekiston elchisi ham ishtirok etdi (foto)

'AQSh prezidenti o`tkazgan iftorlikda O`zbekiston elchisi ham ishtirok etdi (foto)'ning rasmi

Prezident Donald Tramp 6 iyun kuni Oq uyda ilk bor iftor dasturxonini yozib, musulmon ahlini Ramazon oyi bilan qutladi.

“Dunyo bo`ylab do`stlarimiz va ittifoqchilarimiz nomidan kelishgan diplomatik korpus vakillarini, musulmon davlatlaridan elchilarni mamnuniyat bilan kutib oldik. Oq uyga qadam ranjida qilganingiz uchun tashakkur”, - dedi Tramp mehmonlarga.

Prezidentning aytishicha, iftor dasturxoni “dunyodagi buyuk dinlardan birining muqaddas an`anasini sharaflaydi”.

Oq uyda iftor berish an`anasi Prezident Bill Klinton davrida boshlangan. Bu safargi iftorda musulmon mamlakatlar, xususan, Markaziy Osiyo davlatlarining Vashingtondagi bosh diplomatlari, jumladan, O`zbekiston va Qozog`iston elchilari, siyosatchilar hamda ulamolar qatnashdi, deb yozmoqda "Xalq so`zi nashri".

“Iftor oila va do`stlar davrasida tinchlik, ravshanlik va muhabbatni nishonlash uchun imkoniyat. Eng buyuk qadriyatlarimizni yodga olib, ne`matlar uchun, Yaqin Sharq bo`ylab hamkorlarimiz bilan qurilgan yangicha munosabatlar uchun minnatdorchilik bildiramiz”, - deydi Tramp murojaatida.

Oq uydagi iftorda 30-40 kishi qatnashgani ma`lum, mehmonlarning to`liq ro`yxati e`lon qilinmagan.

    Boshqa yangiliklar