Qoraqalpog`iston Respublikasi IIV Yong`in xavfsizligi xizmati xodimlari Taxtako`pir tumani Don qabul qilish maskanida mashg`ulot olib borish jarayonini suratga olish vaqtida osmonda noma`lum uchar jism paydo bo`lgan. Bu haqda O`zA xabar berdi.
Ushbu ob`ektni ular shu payt payqamagan. Olingan suratlarni tomosha qilayotgan vaqtda osmonda kutilmagan «mehmon»ning paydo bo`lganligi bir xodimning e`tiborini tortadi.
Ayni paytda bu noma`lum uchar jismning nima ekanligi haqida aniq ma`lumot yo`q.






